12:49 / 01.04.2025
7 215

Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
Shamsiddin Sadoiy taxallusi bilan ijod qiluvchi shoir Shamsiddin To‘rayev xonanda Botir Qodirov ustidan Adliya vazirligiga shikoyat bilan murojaat qildi.

Xonanda “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli she’rlarini huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida – 1.875.000 (bir million sakkiz yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Qayd etish kerak, avvalroq xonanda Yulduz Turdiyeva ham shoirning “Ishqingda kuygan” she’rini uning ruxsatisiz “Kuymaslar” nomi ostida kuylab kelgani uchun Adliya vazirligiga murojaat qilib tomonlar kelishuviga erishilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat