date 02:38 / 03.04.2025
views 9 840

“Real” va “Barselona” kubok finalida kam uchrashadi: so‘nggi 35 yilda 3 ta holat

“Real” va “Barselona” kubok finalida kam uchrashadi: so‘nggi 35 yilda 3 ta holat
Ispaniyaning eng yirik ikki klubi – “Real Madrid” va “Barselona” doimo chempionlik va sovrinlar uchun kurashadi. Biroq ular o‘rtasidagi El-Klasiko kubok finallarida deyarli uchramaydi.

1990 yildan beri, ya’ni so‘nggi 35 yillik davrda faqat uch marta ushbu jamoalar Kubok finalida to‘qnash kelgan. 1990 yilda “Barselona” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2011 va 2014 yillarda “Real Madrid” finalda ustun kelgan.

2011-yilgi finalda Murinyo jamoasi Ronnalduning bosh bilan urgan goli evaziga qo‘shimcha daqiqalarda g‘alaba qozongan edi. 2014 yilda esa Gareth Bale o‘zining mashhur yugurishi bilan g‘alabaga sabab bo‘lgan. O‘shanda murabbiy Anchelotti bo‘lgan.

Bu mavsumda esa LALIGA va ECHL chempionini ham aynan El-Klasiko aniqlab berishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport