Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Samarqandga keldi

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Samarqandga keldi
Bugun, 3 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» birinchi sammitida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Japarovni Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi. Shundan so‘ng, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, ilk bor o‘tkazilayotgan «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» sammiti shu yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar