09:07 / 01.04.2025
288

"Birin-ketin jang" filmining treyleri taqdim etildi (video)

"Birin-ketin jang" filmining treyleri taqdim etildi (video)
Ko‘plab kinoixlosmandlar intiqlik bilan kutgan "Birin-ketin jang" ("Red, White, and Blood") filmining ilk treyleri namoyish etildi. Bu loyiha mashhur amerikalik rejissyor Pol Tomas Anderson va Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprioning birinchi hamkorligidir. Avvalroq "Magnoliya", "Neft" va "Fantom ip" kabi filmlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirgan Anderson bu safar ham noyob va ta’sirli hikoyani ekranga olib chiqmoqda.

Film mashhur amerikalik yozuvchi Tomas Pinchonning "Vineland" romani asosida suratga olingan. Syujet markazida siyosiy faoliyatdan chetlashgan sobiq inqilobchi bo‘lib, u o‘zining nufuzli tashkilot tomonidan o‘g‘irlangan qizini qutqarishga harakat qiladi. Buning uchun u uzoq yillardan so‘ng birinchi marta boshqa isyonchilar bilan birlashishga va xavfli missiyani bajarishga majbur bo‘ladi.

Leonardo Di Kaprio filmda bosh qahramon rolini ijro etadi. Uning qahramoni nafaqat o‘z shaxsiy hayotida, balki siyosiy va ijtimoiy kurashlarda ham jiddiy sinovlarga duch keladi. Boshqa rollarda Gollivudning yetakchi aktyorlari qatnashishi kutilmoqda, biroq ularning ismlari hali rasman e’lon qilinmagan.

Film premerasi 2025 yil oxirida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. "Birin-ketin jang" nafaqat qiziqarli syujet, balki Andersonning mahoratli rejissurasi va Di Kaprioning maftunkor ijrosi bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilishi kutilmoqda. Kinoshunoslar bu filmni yilning eng kutilgan premeralaridan biri deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat