16:54 / 19.11.2015
7 455

Oybek va Nigoraning to‘yi ixcham o‘tadi, ular to‘ydan keyin asal oyiga bormaydi

Oybek va Nigoraning to‘yi ixcham o‘tadi, ular to‘ydan keyin asal oyiga bormaydi

Xonandalar Oybek va Nigora 21 noyabr bo‘ladigan to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘rish bilan band, deb yozadi «Sug‘diyona» gazetasi.

Nigora to‘y libosi tanlashda rosa ikkilanayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Oybek to‘yoldi uy ta’mirlash ishlarida ustalar bilan tengma-teng ishlayapti.

«30 may kuni yaqin do‘stimizning tug‘ilgan kunida turmush qurish haqida gap ochilib qoldi. Yaxshi niyat bo‘lgan ekan… Keyin ikkimiz bu haqda gaplashdik, uyiga ota-onamni yubordim. Qolgani o‘zingizga ma’lum», — dedi Oybek.

Nigoraning aytishicha, Oybekning uyidagilari kelishi uning oilasi uchun kutilmagan voqea bo‘lgan. «To‘yimiz oddiy, ixcham bo‘lishini istadim. To‘ydan keyin asal oyiga bormaymiz», — deydi Oybek.

Gazeta muxbirining «Shuncha yil jurnalistlarning munosabatlaringiz haqidagi savollaridan qochib, haqiqatni sir tutganingiz sababi nimada?», — degan savoliga xonanda Oybek shunday javob berdi:

«Ahdu-paymon qilgan bo‘lsak-da, bu haqida yaqinlarimizga aytmagandik. Bilasiz, o‘zbekchilikda bunday narsalarni kattalar bilan hal qilish kerak. Ota-onalarimizning roziligini olmay, munosabatlarimizni omma qilish to‘g‘ri bo‘lmasdi».

Xonanda Nigoraning qo‘shimcha qilishicha, u kelinlik xizmatiga tayyor. «Hamma narsa qo‘limdan keladi. Faqat taomning tuzini sho‘rroq yo kamroq qilib qo‘ysam, aybga buyurishmas. Bilmaganimni oyijonimdan o‘rganib, namunali kelin bo‘lishga harakat qilaman», — dedi Nigora.


Manba: Daryo.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Oybek va Nigoraning to‘yi ixcham o‘tadi, ular to‘ydan keyin asal oyiga bormaydi
[/banner_pushhouse