22:42 / 20.11.2015
6 196

Yangi «Yulduzlar jangi» ekranlarga chiqishga ulgurmay, 50 mln dollar ishladi

Yangi «Yulduzlar jangi» ekranlarga chiqishga ulgurmay, 50 mln dollar ishladi

«Yulduzlar jangi» kinoepopeyasining ettinchi filmi chiptalarning oldindan sotilishi bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal.

Premeradan to‘rt hafta avval kartina 50 million dollardan ziyod mablag‘ yig‘di, bunday summa premera namoyishlari uchun juda katta hisoblanadi, biroq shu paytgacha hech qaysi film oldindan buncha pul to‘plamagan.

Ekspertlar yangi «Yulduzlar jangi» premera haftasida yig‘ilgan mablag‘ bo‘yicha rekord o‘rnatishini bashorat qilmoqda. Biroq kartina kinoteatrlarga Yangi yil bayrami arafasida chiqishini, bu paytda filmlar o‘rtasida kuchli raqobat ketishini hisobga olib, tushum rekord miqdorda bo‘lmasligi ham mumkin.


Manba: Daryo.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Yangi «Yulduzlar jangi» ekranlarga chiqishga ulgurmay, 50 mln dollar ishladi