13:53 / 26.11.2015
11 358

Rayhon: qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan

Rayhon: qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan

Xonanda Rayhon G‘anieva Instagram’dagi sahifasiga egizak farzandlari — Islom va Imron bilan tushgan suratlarini muntazam ravishda joylashtirib boradi.

«Darakchi» gazetasining yozishicha, shunday suratlardan birining ostida xonanda farzandlari uchun Allohga shukrona bildirgan bo‘lsa, yana birida ko‘nglidan o‘tgan kechinmalari bilan o‘rtoqlashgan.

«Ulg‘ayganing sari arzon spektakl va fitnalardan uzoqda yurishni istarkansan kishi. Shunchaki shinam uy, oila davrasidagi shirin taom, farzandlarning kulgusi va baxti, shuningdek, qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan», — deb yozadi Rayhon.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012 yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014 yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo‘ldi. 2015 yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi.


Manba: Daryo.uz


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon: qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan
[/banner_pushhouse