date

O‘zbekistonda mayda qoidabuzarliklar uchun jarima bekor qilinadi

O‘zbekistonda mayda qoidabuzarliklar uchun jarima bekor qilinadi
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarining mayda buzilishlari uchun jarima o‘rniga ogohlantirish joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Tegishli qonun Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida ma’qullandi.

Endi, agar haydovchi birinchi marta mayda qoidabuzarlik sodir etsa, unga jarima solinmaydi, balki bu holatning oqibatlari tushuntirilgan holda ogohlantiriladi. Shuningdek, qonunda avtomatlashtirilgan foto va video kameralar qayd etadigan qoidabuzarliklar ro‘yxati aniq belgilab berilgan bo‘lib, jazoni qo‘llash muddati qoidabuzarlik qayd etilgan kundan boshlab bir oydan oshmasligi belgilangan.

Senatorlarning fikriga ko‘ra, ushbu choralar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, qoidabuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda mayda qoidabuzarliklar uchun jarima bekor qilinadi