
Manchester Siti o'z maydonida Bornmutni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Angliya Premer-ligasining o'ninchi turida Pep Gvardiola jamoasi o'yinni dastlabki daqiqalardanoq nazorat qilib, ishonchli g'alabaga erishdi.
Jamoa hujumchisi Erling Holand dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golni O'Rayli kiritdi. Mezbonlar 17-daqiqadayoq hisobni ochishdi.
Sherki Holandga aniq pas uzatdi va u past zarba bilan darvozani ishg'ol qildi — 1:0. Shundan so'ng, Bornmut jamoasi burchak zarbasi vaqtida Donnarumma xatosidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Gol muallifi Adams bo'ldi. Tanaffusga qadar Manchester Siti yana bosimni oshirdi.
33-daqiqada Sherki yana Holandga uzatma berdi va norvegiyalik hujumchi o'z hisobiga ikkinchi golni yozib qo'ydi — 2:1. Birinchi bo'lim yakunida mezbonlar ustunligi yaqqol sezilib turdi, ammo mehmonlar qarshi hujumlar qilishga harakat qilishdi.
Ikkinchi bo'limda ham Siti to'pni nazorat qilishni davom ettirdi. 61-daqiqada O'Rayli uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.
Shundan so'ng, Holand zaxiraga olinib, uning o'rniga Marmush maydonga tushdi. Siti uchrashuvni tinch ravishda yakunladi, Bornmut esa natijani o'zgartirishga kuch topa olmadi.
Qayd etish joizki, o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husonov ushbu uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmadi. Klub ma'lumotiga ko'ra, bu qaror Pep Gvardiola tomonidan taktika sababli qabul qilingan.
Husonov avvalroq Liga Kubogida Suonsiga qarshi o'yinda 64 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.
Manchester Siti Bornmutni mag'lub etdi, Holand dubl qayd etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar