date

Arteta “Arsenal”ning “Everton” ustidan g‘alabasini baholadi


Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta “Everton”ga qarshi safarda qo‘lga kiritilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Uchrashuvdagi yagona gol 27-daqiqada penaltini aniq ijro etgan Viktor D'yokeresh hisobiga yozildi.

Arteta Sky Sports’ga bergan intervyusida “Everton”ni safarda mag‘lub etish har doim qiyinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bo‘limda “Arsenal” ayrim paytlarda yaqqol ustunlik qilgan, garchi aniq golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, jamoa baribir gol urishga erishgan.

Ikkinchi bo‘limda esa “kanonirlar” uchta juda qulay imkoniyatdan foydalana olmagan. Murabbiy APLda bunday vaziyatlardan unumli foydalanish zarurligini, shunda uchrashuv so‘nggida o‘zini ancha xotirjam tutish mumkinligini qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi va “Manchester Siti”ni ikki ochko ortda qoldirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta “Arsenal”ning “Everton” ustidan g‘alabasini baholadi