date

Jeyk Pol va Jervonta Devis jangi bekor qilindi


Forbes xabariga ko'ra, bloger Jeyk Pol va WBA chempioni Jervonta Devis o'rtasidagi, 14-noyabr kuni Mayamida o'tkazilishi rejalashtirilgan jang bekor qilindi. Bu qaror Devisning sobiq qiz do'sti uni kaltaklash, og'ir tan jarohatlari yetkazish, noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish va odam o'g'irlash kabi ayblovlar bilan sudga murojaat qilganidan so'ng qabul qilindi.

Mazkur jang Netflix platformasida asosiy voqea sifatida e'lon qilingan edi. Unda sportchilar o'rtasidagi vazn farqi alohida qiziqish uyg'otgan: Devis 65 kilogrammgacha bo'lgan toifada, Pol esa 90 kilogrammgacha bo'lgan toifada jang qiladi.

Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol 2021-yilda Most Valuable Promotions (MVP) nomli o'zining promouterlik kompaniyasini tashkil qilgan. 2023-yilda u professional bokschi Tommi Fyuriga qarshi jang o'tkazgan, ammo mag'lub bo'lgan edi.

Pol, shuningdek, Mayk Tayson ustidan qozongan g'alabasi bilan ham tanilgan. Kursiv Uzbekistan avvalroq Jeyk Polning Konor Makgregorni jangga chaqirganini xabar qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeyk Pol va Jervonta Devis jangi bekor qilindi