Liverpul Isakning jarohati bo‘yicha bayonot berdi

Liverpul Isakning jarohati bo‘yicha bayonot berdi
Qisqacha

«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Tibbiy tekshiruv uning to‘piq bo‘g‘imi shikastlangani va bu holat kichik boldir suyagi sinishi bilan asoratlanganini ko‘rsatdi. Isakning maydonga qaytish muddati hozircha noma’lum, biroq tiklanishi bir necha oy davom etishi mumkin.

«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak APLning «Tottenhem»ga qarshi o‘yinida olgan og‘ir jarohatidan so‘ng jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiy tekshiruv to‘piq bo‘g‘imi shikastlangani va u kichik boldir suyagi sinishi bilan asoratlangani aniqladi. Shu sababli shved hujumchiga operatsiya zarur bo‘ldi.

Futbolchining maydonga qaytish muddati hozircha aniq aytilmadi, biroq avvalroq tiklanish bir necha oy davom etishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Isak joriy mavsum boshida «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 million yevro evaziga o‘tgandi.

Hujumchi yangi jamoasi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar