
OFK-2 musobaqasining 6-turida Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoasi Iroqning "Al-Zavra" klubini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
Krishtianu Ronaldu assistentlik qilish orqali uchrashuvning asosiy qahramonlaridan biri bo‘ldi. Uchrashuv mezbon jamoaning bosimi bilan boshlandi va bu tezda natija berdi.
12-daqiqada Anjelo bergan pasni yaxshi qabul qilgan Kingsli Koman hisobni ochdi. Keyinchalik, 19-daqiqada Vesli farqni ikki baravarga oshirdi.
"Al-Nasr" uchrashuv davomida o‘z ustunligini saqlab qoldi. 29-daqiqada Juao Feliksning uzatmasidan so‘ng Abdulloh Al-Amri uchinchi golni kiritdi.
Birinchi bo‘lim yakunlanish arafasida esa Juao Feliks Krishtianu Ronalduning yorqin assistidan keyin yana bir gol urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida "Al-Zavra" hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
50-daqiqada Kasimning pasidan so‘ng Maran Ibrohim gol urdi. Ammo bu gol o‘yinning umumiy oqimiga ta’sir ko‘rsatmadi.
56-daqiqada Kingsli Koman dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Shundan so‘ng, mezbon jamoa murabbiylari bir qancha zaxira o‘yinchilarni maydonga tushirdi va o‘yin oxirigacha "Al-Nasr" g‘alabani bemalol saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.