Xabi Alonso “Real” muxlislarini tabrikladi

Xabi Alonso “Real” muxlislarini tabrikladi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan jamoa muxlislariga samimiy tabrik yo‘lladi.

“Madridistlar, barcha orzu-umidlaringiz ro‘yobga chiqsin. Yangi 2026 yil muborak bo‘lsin”, — deya Xabi Alonsoning so‘zlarini keltiradi klubning rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, 2025 yildagi so‘nggi uchrashuvda “Real” o‘z uy maydonida “Sevilya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu bahsda gollarni Jud Bellingem va Kilian Mbappe kiritdi.

Hozirgi paytda “qirollik klubi” Ispaniya chempionatiLa Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar