
OCHL-2ning oltinchi tur uchrashuvida "Al-Ahli" jamoasi o‘z maydonida "Andijon"ni 2:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Mezbonlarning ikkala goliga ham Michel Vlap mualliflik qildi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq "Al-Ahli" to‘pni nazorat qildi va yuqori sur’atni o‘rnatdi. "Andijon" qarshi hujumlar bilan javob qaytarishga harakat qildi, lekin ehtiyotkorlikni saqladi.
26-daqiqada mezbonlarning bosimi natija berdi. Standart vaziyatdan so‘ng Michel Vlap aniqlik bilan zarba berdi va hisobni ochdi.
"Andijon" faollashishga urindi, ammo mezbonlar himoyada mustahkam o‘ynadi. Tanaffusgacha "Al-Ahli" bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratdi.
Draksler va Ekspozito tomonidan yo‘llangan zarbalar golga yaqin edi. "Andijon" esa kamdan kam hollarda hujumga o‘tdi, ammo darvozabon Eldor Adhamov o‘z darvozasini ishonchli himoya qildi.
Ikkinchi bo‘limda mehmonlar o‘yin ritmini o‘zgartirish maqsadida almashtirishlarni amalga oshirdi, lekin tashabbus baribir mezbonlarda qoldi. 65-daqiqada Vlap yana sahnaga chiqdi.
Julian Drakslerning uzatmasidan keyin yarim himoyachi sovuqqonlik bilan vaziyatdan foydalandi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Qolgan daqiqalarda "Al-Ahli" o‘yinni nazorat qilib, raqibga hisobni qisqartirish imkonini bermadi.
OCHL-2. V guruhi. 6-tur. 24 dekabr
Al Ahli (Qatar) — Andijon (O‘zbekiston) 2:0
Gollar: Vlap (26, 65).
Al Ahli — Badredlin (Nayim, 80), Jassim, Tihi, Mitrovich (Dumbuya, 30), Amraui, Ekspozito, Diallo, Fettuhi, Draksler (An Nasr, 74), Vlap, Yansane.
Andijon — Eldor Adhamov, Sunnatulloh Hamidjonov (Oleg Zoteev, 72), Shahzod Azmiddinov, Ismoil Akinade, Sardor Azimov (Abbos Abdug‘afforov, 72), Abdurahmon Komilov, Damir Temirov, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov (Doniyor Abdumannopov, 46), Kristian Novak, Bektemir Abdumannonov (Muhammadali Usmonov, 66).
Ogohlantirishlar: Diallo (84), Vlap (89).
"Andijon" uchun bu musobaqa muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Jamoa guruh bosqichida birorta ham g‘alaba qozona olmadi va gol ura olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.