Ronaldu ishtirokisiz g‘alabani ikki emoji bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” yetakchisiz ham barqaror natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinida ham zafar quchdi: Tojikistonda “Istiqlol” 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Bu natija “Al-Nasr”ga guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l olish imkonini berdi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining peshqadam sifatida keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni ulashdi va unga ikki emoji — olov hamda qarsak belgisini qo‘shdi.
40 yoshli Krishtianuning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!