date

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi

Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi

Arsenal sobiq futbolchisi, belaruslik Aleksandr Gleb londonliklarning joriy Chempionlar ligasi mavsumida bosh sovringa da'vogarligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning aytishicha, "kanonirlar" turnirning umumiy bosqichini juda yuqori saviyada o'tkazdi. Biroq u hozircha musobaqada yaqqol bitta favoritni ajratib ko'rsatish qiyinligini ta'kidladi.

"Barcha 1/8 final ishtirokchilari aniq bo'lgach, manzara ravshanlashadi. Lekin, albatta, sobiq klubim Chempionlar ligasini yutsa yoki hech bo'lmaganda finalgacha yetib borsa, xursand bo'laman", — dedi Gleb.

Shuningdek, u finalda himoyaga yopilib oladigan jamoalar emas, hujumkor futbol ko'rsatadigan ikki jamoani ko'rishni istashini qo'shimcha qildi.

Ma'lumot uchun, Arsenal Chempionlar ligasining umumiy bosqichini 1-o'rinda yakunlab, sakkiz uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi. Yangi formatda bunday natijaga birinchi bo'lib erishgan jamoa ham aynan "kanonirlar" bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Gleb Arsenalning Chempionlar ligasidagi imkonini baholadi