date

Yulduz Usmonova 80 yoshida qanday kampir bo‘lishini ochiq aytdi

Yulduz Usmonova 80 yoshida qanday kampir bo‘lishini ochiq aytdi
Foto: Videodan kadr

Yulduz Usmonova intervyularidan birida 80 yoshga yetganida qanday kampir bo‘lishini tasavvur qilib, o‘ziga xos xarakterini ochib berdi.

“Xudo xohlasa, 80 yoshga kirganimda ham pardalarimni o‘zim yuvib, dazmollab, hech kimni yaqinlashtirmay, barcha ishlarimni o‘zim qiladigan ‘zahar kampir’ bo‘lsam kerak”, — dedi u kulib.

San’atkorning ta’kidlashicha, u mustaqil ishlashni juda yaxshi ko‘radi va boshqalarning aralashuvini yoqtirmaydi: “O‘zimning ishimni o‘zim qilishni yaxshi ko‘raman. Oshxonada bo‘lsam ‘kirma’ deyman, biror ish qilayotgan bo‘lsam ‘tegma’ deyman. Shunaqa xarakter bor menda — hamma narsani o‘zim qilishni xohlayman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Suhbat davomida boshlovchi esa bu fikrga ijobiy ohangda munosabat bildirib, kulib shunday dedi: “Siz ‘zahar kampir’ emas, aksincha juda yaxshi kampir bo‘lasiz. Bunaqalarni yaxshi kampir deyishadi”.

Mazkur samimiy suhbat muxlislar orasida iliq kayfiyat uyg‘otib, xonandaning hazil-mutoyibaga boy fe’l-atvori yana bir bor e’tirof etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova 80 yoshida qanday kampir bo‘lishini ochiq aytdi