date

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos 41 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning faoliyatida 1000 gol urish maqsadi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karlosning aytishicha, Ronalduning muxlislari uchun uning tarix yozayotgani va navbatdagi rekordlarni yangilayotgani juda qiziqarli. U shuningdek, 1000 ta gol urgan futbolchilar orasida hozircha faqat Peleni tilga olib, Ronalduning ham bu roʻyxatga qoʻshilish imkoniyati borligini ta’kidladi.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 18 ta gol va 3 ta golli pas bilan ajralib turdi. Manbaga ko‘ra, u Saudiya ligasidagi transfer siyosatidan norozi bo‘lgani sabab «Al-Nasr»ning so‘nggi o‘yinlarida maydonga tushmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol marrasi haqida gapirdi