date

Ronaldu Al-Nasr g‘alabasini ikki emoji bilan nishonladi

Ronaldu Al-Nasr g‘alabasini ikki emoji bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr yetakchisisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutdi: Tojikistonda «Istiqlol» 4:0 hisobida tor-mor etildi.

O‘yin tugagach, Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasr birinchi o‘rindan keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda qarsak —ni qo‘shdi.

40 yoshli hujumchining Al-Nasr bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasr g‘alabasini ikki emoji bilan nishonladi