date

Karrager Bude-Glimtga hurmatni oshirishga chaqirdi

Karrager Bude-Glimtga hurmatni oshirishga chaqirdi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Milan «Inter»iga qarshi o'yindan keyin Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubini alohida e'tirof etdi. Chempionlar ligasi pley-offidagi ilk bahsda norveglar A Seriya vakilini 3:1 hisobida mag'lub etib, shov-shuvli natija qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karragerning aytishicha, «Bude-Glimt» nomi bilan «Inter»ni yenggan jamoani ko'rish dastlab katta hayrat uyg'otadi, biroq uchrashuvni diqqat bilan tomosha qilgan har qanday muxlis ularning gollar urish uslubi va futbolchilar ko'rsatayotgan saviyasini ko'radi. Uning fikricha, norveglar Chempionlar ligasi darajasidagi jamoa kabi o'ynamoqda va ularga yanada ko'proq hurmat bilan qarash kerak.

«Inter» va «Bude-Glimt» o'rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karrager Bude-Glimtga hurmatni oshirishga chaqirdi