Keylor Navas Yevropadagi qiyin yillarini eslab berdi

Kosta-Rika terma jamoasi darvozaboni, avvalroq Madridning «Real» klubida ham to‘p surgan Keylor Navas Yevropadagi faoliyatining ilk davrlarida og‘ir moliyaviy muammolar bilan yuzlashganini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Navasning so‘zlariga ko‘ra, 2009 yilda u «Albasete» safida o‘ynagan paytda klubda jiddiy moliyaviy inqiroz boshlanib, futbolchilarga maosh berilmay qolgan. Darvozabon o‘sha davrda pul faqat eng zarur ehtiyojlar, asosan ovqatga zo‘rg‘a yetganini ta’kidladi. U qizining tug‘ilgan kuni arafasida do‘konga borganda, qizi velosiped so‘rab qolmasin deb ich-ichidan duo qilganini, chunki bunga puli bo‘lmaganini ham esladi. Qizi arzonroq sovg‘ani tanlagan, ammo Navas o‘sha paytdagi uyat va iztirobni hanuz unutmaganini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, Navas 2014 yilgi jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlaridan keyin, taxminan besh yil o‘tib, moliyaviy jihatdan ancha barqaror hayotga ega bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!