Real Bundesliga yulduzi uchun transfer siyosatini o'zgartirmoqchi

Dortmundning “Borussiya” klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Niko Shlotterbek hamon Madridning “Real” jamoasi transfer ro'yxatida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi haftalarda “qirollik klubi” vakillari 26 yoshli futbolchining nomzodini faol tahlil qildi. Diario AS xabariga ko'ra, “Real” ichida Shlotterbek hozirda markaziy himoyani kuchaytirish uchun mavjud variantlar orasida eng maqbul nomzod ekani borasida ishonch ortib bormoqda. Klub 2019 yildan beri odatda 20 yoshdan ancha katta futbolchilar uchun katta mablag' sarflashdan tiyilib keladi, biroq “ariqlar” yetakchisi uchun bu yondashuvdan chekinishga tayyor.
Manbaga ko'ra, Shlotterbekni Madridga olib kelish “Real”ga taxminan 50 mln yevroga tushishi mumkin. Markaziy himoyachining “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!