Yevropa ligasida Fenerbahche va Nottingham dueli kutilmoqda

Yevropa ligasi pley-off bosqichining ilk bahsida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingham Forest»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelaginga ko'ra, «Nottingham» APLda quyi pog'onalarga yaqin bo'lsa-da, Yevropa ligasida o'zini munosib ko'rsatyapti. U bo'lajak o'yinda yaqqol favorit yo'qligini ta'kidlab, gollar bo'yicha variantni ma'qul ko'rdi: uning taxminicha, bahsda jami 2-3 ta gol uriladi.
«Fenerbahche» — «Nottingham Forest» uchrashuvi bugun, 19-fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo'lib o'tadi. Start hushtagi 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) yangrashi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing