Real mudofaa yetakchisi uchun transfer strategiyasini o'zgartirmoqchi

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek hanuz Madridning «Real» jamoasi transfer ro'yxatidan o'rin olib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi haftalarda «qaymoqranglilar» vakillari 26 yoshli futbolchi nomzodini sinchiklab o'rganmoqda. Diario AS xabariga ko'ra, «qirollik» klubi ichida Shlotterbek ayni paytda markaziy himoyani kuchaytirish uchun mavjud variantlar orasida eng maqbul nomzod ekani borasida ishonch tobora ortmoqda. «Real» 2019 yildan beri 20 yoshdan ancha katta futbolchilar uchun yirik mablag' sarflashdan tiyilib keladi, biroq «Borussiya» yulduzi uchun rahbariyat bu tamoyildan chekinishga tayyor.
Manbaga ko'ra, Shlotterbekni transfer qilish «Real»ga taxminan 50 mln yevroga tushishi mumkin. Himoyachining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!