Kompani Aynttraxtga qarshi asosiy tarkibni e'lon qildi

Shanba kuni “Bavariya” Germaniya chempionati doirasida o'z maydonida “Aynttraxt”ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani uchrashuvni ilk daqiqalardan quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Urbig, Stanishich, Upamekano, Min-Chje, Devis, Kimmix, Pavlovich, Musiala, Olise, Dias, Keyn.
Bundesliga bahsi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yindagi voqealar rivojini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.
Bundesligada 22 tur ortda qolganidan so'ng “Bavariya” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi Dortmundning “Borussiya”si esa myunxenliklardan 6 ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing