Kavani hushtakbozlik ostida qoldi va Bokadagi kelajagi noma’lum

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani “Boka Xuniors”ni tark etishi mumkin. Gap uning shaxsiy istagida emas, balki muxlislar noroziligi tobora kuchayayotganida. So‘nggi o‘yinda u almashtirilgach, maydonni tark etishi hushtaklar sadolari ostida kechdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Almashtirish esa natijaga ta’sir qilmadi: “Boka” “Platense” darvozasini ishg‘ol qila olmadi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Argentina OAVi endi Kavanining shartnomasini uzaytirish masalasiga ehtiyotkorona yondashmoqda. Qolaversa, klub paragaylik Adam Bareyroni ham qo‘lga kiritdi va ko‘pchilik u 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing