date

Yulduz Usmonova finalda “Andijon polkasi” bilan sahnani larzaga soldi (video)

Yulduz Usmonova finalda “Andijon polkasi” bilan sahnani larzaga soldi (video)

Xonanda Yulduz Usmonova 12 kun davom etgan konsert dasturining final qismini unutilmas tarzda yakunladi. U sahnada Andijon polkasi raqsini ijro etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

San’atkor raqqos yigit bilan birgalikda ijro etgan jo‘shqin raqs orqali konsertga chiroyli nuqta qo‘ydi va muxlislari bilan samimiy tarzda xayrlashdi. Tomoshabinlar esa ushbu chiqishni olqishlar bilan qarshi oldi.

Parda ortida Yulduz Usmonova konsertda ishtirok etgan barcha jamoa a’zolariga o‘z minnatdorligini bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham muxlislar uning raqsini yuqori baholab, san’atkorga ijodiy muvaffaqiyatlar tilashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova finalda “Andijon polkasi” bilan sahnani larzaga soldi (video)