Yulduz Usmonovaning 2026 yildagi konsert dasturidagi goʻzal va noadatiy obrazlari!

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 12–30-aprel kunlari "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyida o‘zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etmoqda. Dam olish kunlari ikki seansda o‘tkazilayotgan ushbu tomoshalarda xonanda "Tumor" va "Navro‘z" raqs ansambllari bilan hamkorlikda maxsus chiqishlar tayyorlagan. San’atkor sahnadagi yuqori energiyasi, noodatiy obrazlari va kreativ yondashuvi bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lmoqda.
Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 12–30 aprel kunlari “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida oʻzining navbatdagi yakka konsert dasturini taqdim etmoqda.
Konsertlar shanba va yakshanba kunlari ikki smenada oʻtkazilib, tomoshabinlarga yanada koʻproq imkoniyat yaratilgan.
Ijodkor joriy yilda ham “Tumor” va “Navroʻz” raqs ansambllari bilan hamkorlik qilib, sahna chiqishlarida raqsga alohida eʼtibor qaratgan.

Uning raqschilar bilan bir qatorda tengma-teng harakat qilishi va sahnadagi faol ishtiroki zaldagi muxlislar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olinmoqda.
Yulduz Usmonova har doimgidek oʻziga xos uslubdagi obrazlari va kreativ sahna chiqishlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.































Izohlar 0
…