Kremoneze murabbiyi yutqazishni hech kim yoqtirmaydi dedi

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Roma" o'z maydonida "Kremoneze"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Davide Nikola boshqaruvidagi jamoa darvozasiga javobsiz uchta gol o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi omadsiz o'yin bo'yicha fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, jamoa faqat birinchi 60 daqiqada tartibli va intizomli harakat qila olgan, shundan so'ng o'yin manzarasi keskin o'zgargan.
"Mag'lub bo'lganingda savollar doim bo'ladi, yutqazishni hech kim yoqtirmaydi. Dastlabki 60 daqiqada biz juda uyushgan edik, yaxshi sport ruhi bilan o'ynadik. Keyin hammasi boshqacha ketdi. Shunga qaramay, menimcha, biz "Kremoneze" hurmatga loyiq ekanini ko'rsatdik. Ochko yig'ish esa har doim oson bo'lmagan", — dedi Nikola forzaroma.info nashriga.
Ushbu natijadan so'ng "Kremoneze" A Seriya turnir jadvalida 16-o'ringa tushib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!