21:43 / 25.03.2020
3 086

VXLda mavsum yakunlandi. "Humo" nechanchi o‘rinni egalladi?

VXLda mavsum yakunlandi. "Humo" nechanchi o‘rinni egalladi?
Sport vazirligining buyrug‘i va Rossiya xokkey federatsiyasining tavsiyasiga ko‘ra, shuningdek epidimiologik vaziyatning yomonlashuvi natijasida Oliy Xokkey ligasi Petrov kubogi va Federatsiya kubogi musobaqasining qolgan qismini bekor qildi va mavsumni muddatidan oldin yakunlanganligini rasman e’lon qildi.

Liga raxbariyati turnirni davom ettirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqdi, ammo hozirgi vaqtda aniqki, taqvim va pley-off formatini o‘zgartirishning imkoni yo‘q.

Liganing asosiy maqsadi xokkeychilar, klub xodimlari va muxlislarning salomatlini saqlashdir.
2019/20 yilgi mavsumda klublar egallagan o‘rinlarni o‘rnatilgan tartibda aniqlash yaqin fursat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, VXLda Toshkentning "Humo" jamoasi ham ishtirok etadi va Yevgeniy Popixin shogirdlari musobaqaning pley-off bosqichi chorak finalida Moskvaning "Zvezda" klubiga qarshi beshinchi o‘yinini o‘tkazishi lozim edi. Seriya 3:1 ko‘rinishini olgan vaqtda liga avvaliga 24 mart, so‘ng 10 aprelga qadar xokkey uchrashuvlari to‘xtatib qo‘yilganligini e’lon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » VXLda mavsum yakunlandi. "Humo" nechanchi o‘rinni egalladi?