
Madridning mashhur klubi “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqinda matbuot anjumanida Kilian Mbappe bilan ishlash jarayoni haqida ochiq gapirdi. Ma’lumki, 26 yoshli fransuz yulduzi kasallik tufayli Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichini to‘liq o‘tkazib yuborgandi. Ammo futbolchi sog‘aydi va 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan “Yuventus”ga qarshi 1/8 final uchrashuvida maydonga qaytishi kutilayapti.
Alonso o‘z bayonotida Mbappega driblingni emas, jamoaviy ruh, intizom va to‘psiz harakatlar muhimligini tushuntirayotganini aytib o‘tdi:
“Unga driblingni o‘rgatish men uchun qiyin. Chunki u bu sohada allaqachon dunyo darajasida. Lekin maydondagi ishtiyoq, jonkuyarlik va to‘psiz vaziyatlardagi faollik — mana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratayapmiz,” — dedi mutaxassis.
Bu so‘zlar orqali Xabi Alonso jamoaviy pressing, himoyada yordam berish va yuqori tempda harakat qilish kabi omillarga urg‘u bermoqda. Uning murabbiylik falsafasiga ko‘ra, har bir futbolchi nafaqat hujumda, balki himoyada ham faol bo‘lishi shart.
Mbappe kabi yulduzlar uchun bu yangi chaqiriq bo‘lishi mumkin. Chunki u ko‘p hollarda individual harakatlar bilan farq qilardi. Endi esa “Real”da barcha maydonda ishlashi, himoyada ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak bo‘ladi.
Fransuz hujumchisining safga qaytishi jamoa muxlislari uchun kutilgan yangilik bo‘ldi. Xususan, “Yuventus”ga qarshi kechadigan hal qiluvchi o‘yinda uning tajribasi va salohiyati juda muhim bo‘lishi mumkin. Mbappening qaytishi bilan "Qaymoqranglilar" yanada to‘liq tarkibda chempionlik uchun kurashga tayyor ekanini ko‘rsatmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, Alonso faqat texnik jihatlarni emas, balki jamoaviy qarash va intizomni ham birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Bu esa “Real”ning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim omillardan biri bo‘lishi shubhasiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar