19:53 / 19.08.2020
3 245

“Barsa”ning yangi bosh murabbiyi jamoaga yangi yetakchi olib keladi

“Barsa”ning yangi bosh murabbiyi jamoaga yangi yetakchi olib keladi
“Barselona”ni qabul qilib olishi kutilayotgan Ronlad Kuman Kataloniyaga “Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bekni olib kelishni talab qilmoqda.

Bu futbolchiga “Real” va “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Niderlandiya terma jamoasida Kuman qo‘l ostida o‘ynaydigan futbolchi vaziyatdan kelib chiqib “Barselona”ni tanlash ehtimoli katta.

Kataloniyaliklar rahbariyati ham yangi murabbiyning birinchi iltimosini yerda qoldirmasligi aniq.
23 yoshli Donni van de Bek o‘tgan mavsumda 23 ta uchrashuvda sakkizta gol urib, oltita golli pas uzatdi. Uning “Ayaks” bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barsa”ning yangi bosh murabbiyi jamoaga yangi yetakchi olib keladi