14:00 / 21.03.2021
1 920

“Sevilya” posboni 90+4 daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

“Sevilya” posboni 90+4 daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
La Liganing 28-turida “Sevilya” safarda “Valyadolid” (1:1) bilan durangga imzo chekdi. Uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan 4-daqiqasida mehmonlar posboni Yassin Bunu uchrashuvda muvozanatni tikladi -1:1.

U jamoadoshlari ketma-ket burchak to‘pini amalga oshirayotgan vaqtda raqib jarima maydonchasi ichida qolib tupni o‘ziga kelishini kutdi. Navbatdagi burchak zarbasidan keyin to‘p darvozabonga kelib tushdi va u chap oyoqda chamasi 7 metrlar masofadan mezbonlar darvozasiga gol urdi..

Bunu “Sevilya” tarixida Ispaniya chempionatlarida gol urgan ilk posbon sifatida qayd etiladigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Sevilya” posboni 90+4 daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi