date

Qarz to‘lanmagach, garov mulki xatlanib, auksion savdoga chiqarildi

Qarz to‘lanmagach, garov mulki xatlanib, auksion savdoga chiqarildi
ATB “Kapitalbank” “Kapital 24” CHBF smartbanki tomonidan O.O.ga avtomobil sotib olishi uchun 98,1 mln so‘m miqdorida kredit ajratilgan edi.

Ammo fuqaro kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmagan.

Qonunchilikda esa majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda nizo sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2025 yil 19 yanvardagi qaroriga asosan kredit qarzini undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Tuproqqal’a tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor ushbu qarzdorlikni to‘lash yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan.

Garovdagi transport vositasi taqiqqa olinib, xatlangan.

Endilikda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan transport vositasi elektron onlayn auksion savdosiga sotish uchun chiqarilgan bo‘lib, sotuvdan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz to‘lanmagach, garov mulki xatlanib, auksion savdoga chiqarildi