
Superliga 14-turidan o‘rin olgan OKMK - "Surxon" uchrashuvidan so‘ng (0:1) mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bizga bu g‘alaba juda kerakli edi. "Sho‘rtan" bilan o‘yindagi natijada o‘zimiz aybdormiz. Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Birinchi bo‘lim juda sifatli bo‘ldi. Ikki jamoa ham tezroq gol urishga harakat qildi. Tanaffusdan keyin gol urdik, ikkinchi golni ham urishimiz mumkin edi. Vaziyatlarimiz ham yetarlicha bo‘ldi. Gol urmaganimizdan so‘ng asabiylasha boshladik. Keyin esa hisobni saqlab qolishga harakat qildik. Yigitlar barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Birinchi davraning safar uchrashuvlaridagi dastlabki g‘alabamizni qo‘lga kiritdik" - deya fikr bildirdi Fevzi Davletov bugungi uchrashuv haqida.
- "Sho‘rtan"ga qarshi o‘yindan so‘ng tayyorgarlikda va taktikada qandaydir o‘zgarishlarga qo‘l urdingizmi?
- Ha, o‘zgarish qilsak bo‘lardi, ammo biz himoyada mustahkamroq o‘ynashimiz kerak edi. Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik va alamli tarzda mag‘lub bo‘ldik. Bugun esa biz g‘alaba qozona oldik.
- Iqtidorli Asilbek Jumayev maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi, ammo so‘nggi yarim yil davomida Jumayevda realizatsiya masalasida muammolar kuzatilayotgan edi. Bugungi gol, yosh futbolchiga yanada ko‘proq gol urishga yordam berishi mumkinmi?
- U ko‘p mehnat qiladi, ammo realizatsiya - muhim jihat. Masalan, Yevropa futboliga qarang, vingerlar bir mavsumda nechta gol uradi. Ushbu jihat ustida yanada ko‘proq ishlashi kerak. Ko‘proq gol ursa, men faqatgina xursand bo‘laman. Asilbek bugun yaxshi paslarni ham amalga oshirdi.
- O‘tgan o‘yinlarda jamoada realizatsiya masalasida katta muammolar kuzatilgan edi. Bugungi o‘yinda ham "Surxon" vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha qiyinchiliklarga duch keldimi?
- Biz har doim yetarlicha vaziyatlar yarata olyapmiz. Endi "Buxoro"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Shundan so‘ng, realizatsiya masalasida ish olib boramiz. Bu ishga jiddiy yondashishimiz kerak bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar