Fluminense Interni mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi

Fluminense Interni mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi
FIFA Klublar Jahon Kubogi 1/8 final doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Braziliyaning Fluminense jamoasi Italiya klubi Interni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Herman Kano hisobni ochdi, 90+3-daqiqada esa Erkus ikkinchi golni urdi. Shunday qilib, Fluminense chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Statistikaga ko‘ra, Inter to‘pga egalik qilish (68%), paslar soni (504) va aniqligi (87%) bo‘yicha ustunlik qildi, biroq bu ustunlik g‘alaba keltirmadi. Fluminense esa kam imkoniyatdan unumli foydalandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar