Yangi Boeing 737 samolyotlarini sertifikatlash 80 foizdan ortiq yakunlandi

Boeing kompaniyasi yaqin oylar ichida 737 oilasiga mansub samolyotlarni ishlab chiqarish hajmini oyiga 42 tadan 47 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Kelli Ortberg AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) bilan oʻtkazilgan muzokaralardan soʻng maʻlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ortbergning soʻzlariga koʻra, aviagigant allaqachon ishlab chiqarishning yangi darajasiga oʻtish harakatlarini boshlab yuborgan. Shu bilan birga, Boeing 737-10 va 737-7 modellari sertifikatlashning yakuniy bosqichida ekani xabar qilindi.
Kompaniya aniqlik kiritishicha, ushbu samolyotlar boʻyicha sinov dasturi hozirda 80 foizdan ortiq darajada bajarilgan. Bu esa yangi laynerlarning tez orada foydalanishga topshirilishidan dalolat beradi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida Boeing ishlab chiqarishdagi nuqsonlar tufayli 737 MAX laynerlarining bir qismini yetkazib berish kechikishi haqida ogohlantirgan edi. Endilikda kompaniya ushbu muammolarni bartaraf etib, surʻatni oshirishga eʻtibor qaratmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!