Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z mamlakati AQSh bilan hamkorlikda IShID jangarilarini tashkilot poytaxti hisoblanadigan Raqqa shahridan daf qilish uchun keng ko‘lamli hujum boshlashga tayyor ekanini ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma harbiy hamkorlik g‘oyasi Xitoydagi "katta yigirmatalik" sammiti vaqtida ko‘rib chiqilgandi.
Erdo‘g‘an bu orqali Turkiya nashrlarida 1 kun oldin tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Amerika tomoni hozircha Turkiya rahbarining chiqishiga munosabat bildirmadi.
24 avgust kuni Turkiya tanklari Suriya chegarasini kesib o‘tib, IShIDga qarshi amaliyotlar o‘tkazish maqsadida Suriya shimoliga kirdi. Keyinchalik kurd jangarilari ham nishonda ekani ma’lum bo‘ldi.
Turkiya Suriya hukumati muxolifati bo‘lgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ilk hujumlardan keyinoq Jarablus shahridan IShID jangarilari surib chiqarilib, shahar muxolifat kuchlari qo‘liga o‘tdi.
Turkiya hamon Suriyada qolmoqda, Rossiya tomoni va Suriya prezidenti Bashar Asad turklarning mamlakat ichkarisiga kirib borishidan xavotirini bildirgan.
Raqqa shahri ayni vaqtda IShIDning asosiy qarorgohi hisoblanadi. Shu erdan turib, Suriya va Iroqdagi harakatlar nazorat qilinadi.
Bu hududda 500 mingga yaqin kishi yashamoqda va ularning aksari og‘ir sharoitlarda kun kechirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi