Bahorda nihollar qalamchasini tayyorlash va ekish kam xarajat talab qiladi va samarali hisoblanadi. Qalamcha tayyorlashning muhim qoidalari bor, bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, tavsiyalar quyidagicha:
— terakning bir yillik novdalarini kesish oktyabr oyi oxiri — noyabr oyi boshidan terakda bahorgi vegetatsiya jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi;
— Kesib olingan novdalardan 20-25 santimetrlik qalamchalar tayyorlanadi. Qalamchalarni bog‘ qaychisi bilan 45 daraja ostida kesish lozim. Bu orqali ularning chirishining oldi olinadi;
— qalamchalar erta bahorda jo‘yaklarga ekiladi va darhol sug‘oriladi;
— kuzda tayyorlangan qalamchalar orasi 60-70 sm bo‘lishi kerak;
— terak qalamchalari jo‘yaklarda 20 santimetrdan qoldirilib, tik holatda qadaladi. Bunda qalamchadagi kurtaklar yuqoriga qaragan holatda bo‘lishi, qadalgan qalamchalarda bitta yoki ikkita kurtak tuproq ustida qolishi lozim.
Yangi ekilgan qalamchalardan keyingi yilning bahorida 1–1,5 metrlik terak ko‘chatlarini yetishtirish mumkin. Ekilgan terak ko‘chatidan esa bir yilda 2–2,5 metr, 3 yilda 6,5–7 metr, 5 yilda 10–12 metr, 8 yilda esa 20–25 metr uzunlikdagi terak daraxti o‘sadi.
Jo‘yaklar orasi 60 sm va qalamchalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix, ya’ni 100 kvadrat metr maydonda 8333 ta, jo‘yaklar orasi 70 sm va qalamchalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix maydonda esa 7140 tagacha terak ko‘chatlarini yetishtirish imkoni bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi