Foto: RBK
Rossiya Xavfsizlik kuchlari «Krokus Siti Xoll»dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begijonovich Qurbonovni hibsga oldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qo‘lga olingan shaxs Tojikistonning Farxor shahrida tug‘ilgan, 2003 yilda tug‘ilgan. U Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi (odamning qasddan o‘limiga olib keladigan terrorchilik harakatini sodir etish) bilan ayblanmoqda.
Qurbonov aynan qaysi qilmishi uchun ushlangani xabarda batafsil keltirilmagan.
Avvalroq, teraktga bevosita aloqadorlikda gumon qilinayotgan 4 nafar shaxs – Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov, shuningdek, bilvosita aloqador 10 nafarga yaqin kishi hibsga olingan edi. Ularning barchasi Tojikiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir etildi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata o‘q uzdi. Hujumchilar binoni ham yoqib yuborishdi, oqibatda tom quladi va konsert zali butunlay yonib ketdi. 140 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi, 500 nafardan ortiq kishi jarohat oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi