Foto: Google Images
Ispaniya Kiyevni Patriot komplekslari uchun raketalar bilan ta’minlaydi, biroq uchirish moslamasining o‘zini topshirishdan bosh tortdi, deb xabar berdi mamlakat hukumatidagi manbalar El Pais gazetasiga.
Nashrning qayd etishicha, Ispaniya Mudofaa vazirligi har biri bir million yevrodan ortiq turadigan “juda cheklangan miqdordagi raketalarni” topshirishga rozi bo‘lgan.
Shu bilan birga, Ispaniya mudofaa departamenti Kiyevning Patriot kompleksining uchirish majmuasini topshirish haqidagi iltimosini rad etdi.
Umuman olganda, Ispaniyada uchta Patriot batareyasi mavjud — biri Turkiyaning Adana shahri yaqinida, ikkinchisi Valensiyadagi harbiy-dengiz bazasida, uchinchisi esa harbiy mashg‘ulotlarda qo‘llanilmoqda. Ularning barchasi 2004-2014 yillar oralig‘ida Germaniyadan sotib olingan.
Politico nashri Afina ham Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortgani, buni Gretsiya va Turkiya munosabatlarida yuzaga kelayotgan vaziyat bilan izohlagani haqida xabar beradi.
"Gretsiya Ukrainaga S-300 yoki Patriot tizimlarini yubormoqchi emas. Biz so‘rov oldik, lekin nima uchun buni qila olmasligimizni tushuntirdik, bu — tizimlar bizning mudofaa qobiliyatimizni saqlab turish uchun juda muhim", — dedi Gretsiya hukumati rahbari Kiriakos Mitsotakis. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...