Foto: Getty Images
Velosport — yoqimli va foydali mashg‘ulotlardan biri. U nafaqat ekologik jihatdan toza transport turi, balki uzoq umr ko‘rish garovidir. Velosipedda sayr qilish sizga ajoyib kayfiyat va energiya bag‘ishlaydi hamda ozishda yordam beradi.
“Belnovosti” nashri shifokor endokrinolog Zuhra Pavlova ma’lumotlariga tayanib muntazam velosipedda uchishning salomatlikka ta’siri haqida xabar berdi.
Velosipedda qanchalik tez-tez uchish lozim?
Haftasiga 1,5-2 soat davomida velosiped haydash butun tananing umumiy salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi: yurak kasalliklarini ilk bosqichida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Hatto sekin-asta velosipedni haydash ham stenokardiyaga chalinish xavfini 16 foizga kamaytiradi.
Velosipedda sayr qilishning afzalliklari:
- velosipedda do‘stlar va yaqinlar bilan sayr qilish depressiyaga chalinishdan himoya qiladi. Buning uchun haftasiga 3-5 marta o‘rtacha 45 daqiqadan haydash mumkin;
- velosiped haydash umrni uzaytiradi va hujayralar qarishini sekinlashtiradi. Buning uchun haftasiga o‘rtacha 1 soat velosiped haydash kifoya;
- haftada 3 marta 45 daqiqadan velosiped uchish bosh og‘rig‘idan xalos etadi va migren kasalligi rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi