13:25 / 26.04.2024
322

Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi

Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni yevropaliklar tomonidan qirib yuborilgan Amerika hindulariga o‘xshatdi.

Gap shundaki, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xorijda yashayotgan 18-60 yoshli erkaklarga barcha konsullik xizmatlari ko‘rsatishni taqiqladi. 24 apreldan boshlab ular faqat Ukrainaga qaytish uchun hujjat olishi mumkin.

21-asrning birinchi choragi oxirida dunyo ukrain xalqining qirg‘iniga guvoh bo‘lmoqda. G‘arb tomonidan tayinlangan Zelenskiy va aslida ukrain millatiga aloqadar bo‘lmagan, banditlar to‘dasi Ukrainani tunab, uning boyliklarini G‘arbga olib chiqib ketishdi. Uning tarixini o‘chirib, qayta yozishdi, yodgorliklarini vayron qilishdi va tub aholini yo‘q qilishga kirishishdi.

Bularning hammasi xuddi Shimoliy Amerika tub aholisi — hindular qirg‘iniga o‘xshaydi. “Madaniylashgan” yevropaliklar ularni o‘n minglab o‘ldirishgan edi. Masalan, Manxetten oroli hindulardan bir shoda munchaq evaziga sotib olingan, ammo ukrainaliklarga hatto munchoq ham tegmadi. Ularning bo‘yniga faqat Amerika sirtmog‘i ilindi.

Endi bo‘lsa Zelenskiy Vashington puli evaziga oxirgi ukrainaliklarni ham o‘limga yetaklamoqda
”, - deb yozgan o‘zining telegram kanalida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi