23:30 / 26.04.2024
244

Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas!

Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas!
Boks olamining eng zo‘r janglaridan bir joriy yilning 3 avgust kuni AQSHning Loy-Anjeles shahrida bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu sanada Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) va Terens Krouford (40-0, 31 KO) o‘rtasida bo‘ladi.

Bungacha uchta vaznda jahon chempioni bo‘lgan amerikalik charm qo‘lqop ustasi yana og‘irligini oshirib, yangi divizion – birinchi o‘rta vaznga (69,9 kilogramm) ko‘tariladi va hamyurtimizga tegishli bo‘lgan WBA jahon chempionligi kamari uchun jang qiladi.

Nufuzli manba vringe.com sayti Isroil Madrimovning bo‘lajak jang borasida bildirgan fikr-mulohazalarini e’lon qildi.

- Terens Krouford men yoqtirgan jangchi. Menga uning usuli yoqadi. Uni hurmat qilaman, lekin 3 avgustga men tayyor bo‘laman. Bunga hech qanday shubha yo‘q.

Biz jang qilishimizni bilganimdan keyin juda xursand bo‘ldim. Men Errol Spens emasman, Isroil Madrimovman va bu mening divizionim
, - dedi o‘zbekistonlik boks ustasi.

Ikki vazn toifasida to‘rtta eng nufuzli yo‘nalishlar – IBF, WBA, WBC, WBO jahon chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan Terens Krouford Isroil Madrimov o‘z divizionining eng zo‘r bokschisi bo‘lgani uchun ham u bilan jang qilishni ma’qul ko‘rganini ta’kidladi.

Ayni paytda bo‘lajak jang oldidan bokschilar, murabbiylar, mutaxassislar o‘z munosabatlarini bildirmoqda.

Xususan, qozog‘istonlik yengil toifadagi professional bokschi Viktor Kotochigov (13-2, 5 KO) chempionlik jangida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

- “Buning o‘zi yuqori daraja. Isroil Madrimov, let's go champ”, - deb yozdi Viktor Kotochigov ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga.

Terens Krouford 2008 yildan beri professional janglarda ishtirok etib kelmoqda va qirqta jangning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Krouford faoliyati davomida Brayan Kummings, Andrey Klimov, Yuriorkis Gamboa, Viktor Postol, Julius Indongo, Jeff Xorn, Xose Benevidis, Egidius Kavaliauskas, Errol Spens kabi yengilmas raqiblarni birinchi bo‘lib mag‘lubiyatga uchratgan bokschi hisoblanadi.

Raqibidan yetti yosh kichkina bo‘lgan Isroil Madrimov professional ringdagi yurishini 2018 yilda boshlagan va hozirgacha 10 ta g‘alaba va bitta durang qayd etgan.

Hamyurtimiz WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi kamarini shu yilning 8 mart kuni rossiyalik bokschi Magomed Kurbanovga (25-0-0, 13 KO) qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas!