Ukraina armiyasi Rossiyaning dronlari tufayli Amerikaning Abrams M1A1 tanklarini frontdan olib chiqdi. Tanklar dronlar uchun juda zaif bo‘lib chiqdi, deb yozadi Associated Press.
Ikki amerikalik harbiy amaldor jurnalistlar bilan suhbatda Ukraina Abrams'larni frontdan olib chiqib ketgani haqida ma’lum qilishdi.
Amerika va Ukraina harbiylari hozirda yuzaga kelgan vaziyatda tanklardan qanday foydalanish haqida o‘ylashayotgani aytilmoqda.
AQSH 2023 yil yanvarida Ukrainaga 31ta Abrams tankini topshirdi. Ushbu va boshqa tanklar Ukraina armiyasiga Rossiya mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga va bosib olingan hududlarni qaytarib olishga yordam berishi rejalashtirilgan edi.
Ammo o‘shandan beri vaziyat juda o‘zgardi: front chizig‘i ustida havo dronlar bilan to‘lib ketdi. O‘sha 31 ta Abrams'dan beshtasi allaqachon yo‘qotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi