O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Husayn Norchayev uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- O‘yin haqida
- Barchaga xayrli kech. Bugungi tarixiy g‘alaba bilan halqimizni tabriklaymiz. Xudoga shukr, qiyin uchrashuvda chiroyli g‘alaba qozondik. Maydonda raqibga deyarli imkoniyat qoldirmadik. Maqsadimiz sari yurishda davom etamiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.
Husayn Norchayev
- O‘yin haqida
- G‘alaba bilan tabriklayman. G‘alabaga uzoq vaqt davomida intilib kelgandik. O‘z yurishimizni davom ettiramiz.
- Bugungi uchrashuv juda ham emotsiyalarga boy bo‘ldi. Arab terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlar har doim provokatsiya va janjallarga boy bo‘ladi. Birinchi daqiqalardanoq raqib futbolchilari bizga nisbatan juda qo‘pol o‘ynashdi. Bizning futbolchilarimiz ham hissiyotga berilib javob qaytara boshlashdi. Tanaffusda ushbu holatni to‘g‘rilash uchun yigitlarga nimalar dedingiz?
- O‘yindan avval yigitlarga bunday holatlar ro‘y berishi mumkin deb ogohlantirib qo‘ygandim. Har xil vaziyat bor va har narsa ro‘y berishi mumkin edi. Yigitlarga sovuqqon bo‘lishni talab qildim. Yigitlar maydonda faqat futbol haqida o‘ylashdi. Biz futbol bo‘yicha raqibdan ustun ekanligimizni bilar edik. Birinchi bo‘lim so‘ngida hisobda oldinga chiqib olgandik. Ikkinchi bo‘limda ular shunday o‘ynashda davom etishdi va qizil kartochka olishdi.
- Indoneziya bilan yarim finalda to‘qnash kelishingizni kutganmidingiz va Indoneziya terma jamoasining kuchli jihatlarini sanab o‘tsangiz?
- Ushbu musobaqada kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Janubiy Koreya kabi kuchli terma jamoani taslim etishdi. Biz Indoneziyani o‘rganib chiqamiz. Maqsadimizga erishish uchun yana bir qadam qoldi.
Husayn Norchayev
- Saudiya Arabistoni bilan juda ko‘p marotaba to‘qnash kelganmiz. Bugungi Saudiya terma jamoasi sizlarga qandaydir yangilik taqdim eta oldimi?
- Saudiya jamoasini yaxshi taniymiz. Ularni yaxshi o‘rganib chiqdik va shu sabab ularni mag‘lub etdik. Biz saudlarni ko‘p o‘rganganmiz.
- Jamoangiz musobaqada hali gol o‘tkazib yubormadi. Buni qanday uddalayapsizlar va bu qanchalik sizlarga ishonch bermoqda?
- Biz yaxshi himoyalanmoqdamiz va bunda butun jamoaning hissasi katta. Himoya hujumdan boshlanadi va barcha futbolchilar himoya uchun yaxshigina ter to‘kishmoqda.
Husayn Norchayev
- Finaldagi mag‘lubiyatning alamini oldingizlar. Bugungi g‘alabadan keyin nimalarni his etmoqdasiz?
- G‘alaba qozonganimiz juda yoqimli. Asosiy maqsadimiz sari yana bitta qadam tashladik. Keyingi uchrashuvlarda ham shunday o‘yin namoyish etishni niyat qilganmiz. O‘yindan o‘yinga kuchayib borishimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi