Foto: Shutterstock
Endokrinolog Zuxra Pavlova o‘zining Telegram-kanalida amerikalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan yana bir tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, har kuni piyoda yurish turli kasalliklarning oldini olishda barchaga birdek mos bo‘lgan eng samarali jismoniy faoliyat ekanligi tasdiqlandi, deb yozadi “Sports.kz”.
“Men piyoda yurish eng oddiy va samarali jismoniy faoliyat ekanligi haqida ko‘p takrorlaganman. Bugungi kunga kelib esa olimlar buning tasdig‘ini isbotlab kelmoqda. Amerikaning Nature jurnalida 41 yoshdan 67 yoshgacha bo‘lgan 6042 kishi ishtirok etgan tadqiqotning so‘nggi natijalari e’lon qilindi. Tajriba o‘rtacha 4 yil davom etdi (2,2 dan 5,6 yilgacha) va bu tadqiqot eng uzoq kuzatuvlardan biridir. Unda barcha ishtirokchilarning jismoniy faolligi fitnes-trekerlar yordamida nazorat qilindi.
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, qandli diabet, gipertoniya, depressiya, uyqudagi apnoe va gastroezofagial refluks kasalliklari va bosilgan qadamlar soni o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.
Bir kunda 8200 va undan ko‘p qadam yurgan shaxslarda mazkur kasalliklar rivojlanish xavfi kamaygan. Qand kasalligi va gipertoniya bilan og‘rigan bemorlar yuqori natijalarga erishish uchun kuniga 8000-9000 qadam yurishlari kerak.
Foto: Mymedic.uz
Tana massasi indeksi — insonning bo‘yi va vazni mosligi darajasini baholashga imkon beradi, kattalik 28 daraja bo‘lgan bemorlar kunlik qadamlar sonini 6000 dan 11 000 gacha oshirsa, semirish xavfini 64 foizga kamaytirishi aniqlandi.
Olimlar, shuningdek, har kuni piyoda yurishning uzoq muddatli foydasi borligini ham tasdiqladi. Ko‘p yillar davomida doimiy 10 ming qadam yurish jiddiy kasalliklarga chalinish xavfini yildan yilga kamaytiradi.
Organizmning umumiy chidamliligini oshirish va yurak-qon tomir, asab kasalliklarining oldini olishda piyoda yurish sport zalidagi mashg‘ulotlardan anchagina samarali va xavfsiz ekan, piyoda yurishdan to‘xtamang!” — deb yozadi Pavlova. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi