Ikki Matiz ishtirokidagi YTHda avtomobillar ag‘darilib ketdi

  • 29 aprel 2016, 21:03
  • 6 020
  • Avto
  • Ikki Matiz ishtirokidagi YTHda avtomobillar ag‘darilib ketdi

    Kecha, 28 aprel kuni tungi soat 23:30 atrofida Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Shuhrat dahasida navbatdagi YTH qayd etildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari xabariga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

    YTH oq va to‘q qizil rangdagi Matiz avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan. Tarmoq foydalanuvchilarining taxmin qilishlaricha, ikki haydovchi ham kira qilish maqsadida yo‘l chetidagi yo‘lovchini olish uchun bir-birini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Qattiq zarb natijasida avtomobillar yo‘l chetidagi ariqqa borib ag‘darilgan. Ikki avtomobilning qanday qilib bir-biriga juda yaqin masofada, qarama-qarshi holatda turib qolgani mavhum.

    Voqeaga guvohlik qilganlarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, haydovchilardan birining ahvoli og‘ir, boshi yorilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Ikkinchi haydovchi esa jarohat olmagan.

    Ijtimoiy tarmoq foydalanuvichilari voqea joyida haydovchilarga yordam berib, mashinalarni o‘nglash o‘rniga, uni tomosha qilib, suratga olish bilan band bo‘lgan odamlarni keskin qoralashmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ikki Matiz ishtirokidagi YTHda avtomobillar ag‘darilib ketdi