date

Yotoqxonada tug‘ilgan chaqaloq fojiasi: talaba taqdiri hal qilindi

Yotoqxonada tug‘ilgan chaqaloq fojiasi: talaba taqdiri hal qilindi

Qozog‘istonning Pavlodar shahrida yuz bergan dahshatli voqea jamoatchilikni larzaga soldi. Talaba qiz talabalar yotoqxonasida dunyoga keltirgan chaqalog‘ini hayotdan mahrum etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u ikki yildan ortiq vaqt davomida bir yigit bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Biroq, yigit qiz homilador ekanini bilgach, bolani tan olishdan bosh tortgan.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, qiz butun homiladorlik davomida o‘z holatini ota-onasi va atrofidagilardan yashirishga harakat qilgan. 2025 yil oktyabr oyida u talabalar yotoqxonasidagi hammomda to‘liq shakllangan qiz farzandni dunyoga keltirgan.

Tug‘ruqdan so‘ng u og‘ir ruhiy bosim holatida bo‘lgan. Chaqaloqning yig‘isi uning sirini oshkor qilib qo‘yishidan qo‘rqqan holda, bolani sochiqqa o‘rab, nafas olish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan. Natijada go‘dak vafot etgan.

Ayblanuvchi o‘z ko‘rsatmasida yolg‘iz farzand tarbiyalashga tayyor emasligini, shuningdek, yaqinlarining tanqidi va bosimidan qo‘rqqanini aytgan. Sud jarayonida u aybini to‘liq tan olgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, qizning onasi bu voqea haqida guruh sardoridan xabar topgan. Sardor yotoqxonaga kelib, qizning ahvoli og‘irligini ko‘rib, tez yordam chaqirgan. Chaqaloqning jasadi esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib ketilgan.

Mazkur ish qisqartirilgan tartibda ko‘rib chiqildi va Jinoyat kodeksining 100-moddasi — “ona tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni tug‘ruqdan keyingi ruhiy og‘ir holatda o‘ldirish” sifatida baholandi. Og‘irlashtiruvchi holatlar aniqlanmagan. Yengillashtiruvchi omillar sifatida aybini tan olishi, chin ko‘ngildan pushaymonligi, ilgari sudlanmagani va yoshligi inobatga olingan.

Sud qaroriga ko‘ra, qiz aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, unga yashash manzilini ruxsatsiz o‘zgartirmaslik va ko‘ngilochar joylarga bormaslik kabi talablar qo‘yildi.

Bundan tashqari, jazo muddati davomida u kuniga 4 soatdan oshmagan holda jami 100 soat majburiy jamoat ishlarida ishtirok etishi shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yotoqxonada tug‘ilgan chaqaloq fojiasi: talaba taqdiri hal qilindi